Iqlim o‘zgarishi global daromadlarni keskin kamaytirishi mumkin

Iqlim o‘zgarishi global daromadlarni keskin kamaytirishi mumkin

Turli tadqiqot institutlari tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot iqlim o‘zgarishi yiliga 38 trillion dollarga tushishi mumkinligini prognoz qilmoqda. Ammo yumshatish va moslashish strategiyalariga investisiyalar kelajakdagi zararni cheklashi ham mumkin. Bu zararlar iqlim o‘zgarishi oldini olishga qaritalgan "Parij" iqlim bitimi doirasida iqlim o‘zgarishi xavflarini kamaytirishga qaratilgan summadan 6 barobar ko‘proqdir.

Iqlim o‘zgarish ssenariyalari mintaqalarda haroratning yildan yilga ko‘tarilib borish bilan bog‘liq kutilmalar oqlanishi yaxshi bo‘lsa-da, hududlarda yog‘ingarchilik taqsimotidagi prognoz vaziyat hali hanus noaniqlarga ega. Bu yog‘ingarchilikka "qarab qolgan" iqtisodiyoti agrar tarmoqqa bog‘langan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sishni kuchaytiraveradi.

Prognozlarga ko‘ra, iqtisodiy zararlar hududlarda teng taqsimotga ega emas. Kambag‘al mamlakatlar boy mamlakatlarga qaraganda 61% ko‘proq daromad yo‘qotishadi. Va iqlim o‘zgarishi ta’sirlariga nisbatan kam hissa qo‘shganlarga ham nomutanosib yuk tushadi: "Tarixan atmosferaga chiqrilayotgan emissiya qiymati past bo‘lgan mamlakatlar havoni haddan tashqari ko‘p ifloslantiruvchi mamlakatlar emissiyasi yuqori bo‘lganlarga qaraganda 40% ko‘proq daromad yo‘qotishlariga duch kelishadi".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!