Rossiyaning MIR va Eronning SHETAB to‘lov tizimlari bir-biriga ulanadi

Rossiyaning MIR va Eronning SHETAB to‘lov tizimlari bir-biriga ulanadi

Rossiyaning MIR va Eronning SHETAB elektron to‘lov tizimlari bir-biriga ulanadi. Bu haqida Eron Markaziy banki rahbari Muhammad Rizo Farzin Sankt-Peterburda Rossiya banki raisi Elvira Nabiullina bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

“Ikki davlat mutaxassislaridan iborat delegasiyalar uchrashuvida Rossiyaning "Mir" to‘lov tizimini Eronning SHETAB tizimiga ulash bo‘yicha talablarni yakunlash bilan bir qatorda loyiha amaliy darajaga yetdi”, dedi u.

Farzinning so‘zlariga ko‘ra, avgust oyi oxirida Eronda Mir kartalaridan, Rossiyada SHETAB kartalaridan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, Markaziy bank rahbari milliy valyutalarning likvidligini ta’minlash maqsadida Moskva bilan valyuta kelishuvi tuzilganini ma’lum qildi.

Rossiya va Eron o‘xshash muammolarga duch kelgani sababli ikki davlatning to‘lov tizimlarini birlashtirish zarurati paydo bo‘ldi. 2018 yilda, Tehron AQSh tomonidan kiritilgan sanksiyalar tufayli SWIFT xalqaro pul o‘tkazmalari tizimidan uzilgan edi. Rossiya esa 2022 yil iyun oyida Ukrainada maxsus operasiya boshlanganidan so‘ng, Rossiyaning yetakchi banklari ushbu tizimdan uzilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!