Suriyadagi qochqinlar lagerlaridan 20 nafar bola Rossiyaga qaytarildi

Suriyadagi qochqinlar lagerlaridan 20 nafar bola Rossiyaga qaytarildi

Bu haqda Bolalar ombudsman Mariya Lvova-Belova ma’lum qildi. Yetti o‘g‘il va o‘n uch qiz Rossiya Aerokosmik kuchlari bortida 6 iyuldan 7 iyulga o‘tar kechasi Chkalovskiy aerodromiga yetib keldi.

"Ularning orasida aka-uka va opa-singillar ham bor. Bolalar o‘zlarining yaqinlari - bobosi, buvisi va qarindoshlari bilan uchrashishni kutmoqda", dedi Lvova-Belova jurnalistlarga.

Samolyotdayoq bolalar maxsus shifokorlar tomonidan tekshirildi. Bir bolaning oyog‘idagi raketa bo‘laklaridan qolgan jarohat aniqlandi. Qolgan bolalarning salomatligi yaxshi, dedi Bolalar ombudsmani rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!