Bu qiziq: Dubay aeroportida 2 dona mango o‘g‘irlagan ishchi sudga tortildi

Bu qiziq: Dubay aeroportida 2 dona mango o‘g‘irlagan ishchi sudga tortildi

Dubay xalqaro aeroporti ishchisi Hindistondan keltirilgan tovarlar orasidan ikkita mango mevasini o‘g‘irlagani uchun sudga tortildi.

Payshanba kuni  27 yoshli Hindiston fuqarosi aybiga iqror bo‘ldi.  U 3-terminalda yo‘lovchilar yuklarini tashish bilan shug‘ullangan.

BAAning Gulf News xabarida aytilishicha, o‘sha paytda ishchi chanqagan va  meva solingan qutini ochib, ikkita mangoni topgan.

«Menga suv kerak edi va qutini ochib, ikkita mangoni topdim.  Men ularni yedim.  2018 yil aprel oyida polisiya meni chaqirib,  voqea haqida so‘roq qildi. Ular mening uyimni tintuv qilishdi va boshqa o‘g‘irlangan narsa topa olishmadi»,  – dedi sudlanuvchi.

Xodimga 2 AQSh dollaridan kam narxdagi mevalarni o‘g‘irlash ayblovi qo‘yildi. Xabarda aytilishicha,  ushbu hodisa 2017 yil avgust oyida yuz bergan bo‘lsa ham,  nima uchun ishchi faqat 2019 yilda sudga chaqirilgani aniq emas. Sudlanuvchi aybdor deb topilsa, qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Shuningdek,  u o‘g‘irlangan narsalar miqdoricha va unga tenglashtirilgan jarimani to‘lashi kerak.

Manba: tarjumon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!