Britaniyada saratonning davolab bo‘lmaydigan shakliga qarshi dori vositasi yaratildi

Britaniyada saratonning davolab bo‘lmaydigan shakliga qarshi dori vositasi yaratildi

Gap Entrectinib — o‘smaning organizmning qayerida joylashganidan qat’i nazar uni yo‘q qilishga qodir dori vositasi haqida ketmoqda.

«Entrectinib kabi davolash usuli organizmning qayerida joylashgan bo‘lishga qaramay o‘smaning o‘sishini faollashtiruvchi genetik mutasiyaga yo‘naltirilgan bo‘lib, u saratonni davolash metodlarida inqilobni amalga oshirishi mumkin», — deydi NHS olimlaridan biri Meyndert Boysen.

Ta’kidlanishicha, saratonni davolashning an’anaviy usuli zararli o‘smaning qayerda joylashganiga bog‘liq. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi dori vositasi saraton kasalligining kamyob turlaridan aziyat chekuvchi 12 yoshdan kattalar uchun mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!