Britaniyada bir vaqtning o‘zida koronavirusga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin

Britaniyada bir vaqtning o‘zida koronavirusga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin

Britaniyada yaqin haftalarda mamlakatda bir vaqtning o‘zida koronavirusga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatdan o‘tishiga umid bildirilmoqda.

Bu haqda Bosh vazir Boris Jonson ma’lum qildi.

“Vaksinalarni 25 dekabrgacha tasdiqlash kutilmoqda”, dedi Bosh vazir.

Ta’kidlanishicha, hozircha hech bir vaksina Dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni nazorat qilish agentligi tomonidan foydalanish uchun tasdiqlanmagan.

"Biroq, biz, ham “Pfizer” va “BioNTech”, ham “Oksford” hamda “AstraZeneca” vaksinalari yaqin kunlar va haftalarda, albatta, kerakli ruxsatnomalarni olishiga umid qilmoqdamiz", dedi Jonson.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya “Pfizer” va “BioNTech” tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19ga qarshi vaksinadan foydalanishni ma’qullaydigan birinchi mamlakat bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!