Boysundagi xonadondan 4 kishining jasadi chiqdi

Boysundagi xonadondan 4 kishining jasadi chiqdi

Surxondaryoda bir oilaning 4 a’zosi vafot etdi. Bu haqda “darakchi.uz” xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 25 fevral kuni Boysun tumanidagi xonadondan 44 yoshli erkak va uning voyaga yetmagan 3 nafar farzandining jasadi topilgan, uy bekasi va yana bir qiz farzandlari hushsiz holda tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Fuqarolarning yashash uyi xom g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, yashash uyini isitishda qo‘lbola usulda yasalgan ko‘mir va o‘tin uchun muljallangan pechdan foydalanilgan.

Fuqarolar "Noma’lum etiologiyali zaharlanish" oqibatida vafot etganligi taxmin qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!