Bosh prokuratura «Navoiyazot» ishchisining o‘z joniga qasd qilgani yuzasidan rasmiy izoh berdi

Bosh prokuratura «Navoiyazot» ishchisining o‘z joniga qasd qilgani yuzasidan rasmiy izoh berdi

Hodisa bo‘yicha, 2019 yilning 13 fevral kuni soat taxminan 17:30 larda Navoiy viloyati, Karmana tumani, Yangiariq MFYda yashagan 17.07.1981 yilda tug‘ilgan Navoiyazot AJda qurilma ishchisi bo‘lib ishlovchi B.T. Navoiyazot AJ sex hududida osilgan holda topilgan. Bu haqida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Daryo ga xabar bermoqda.

Shahar prokurori, uning o‘rinbosari, prokuratura tergovchilari, IIO FMB boshlig‘i hamda Navoiy shahar IIO FMB EKB ekspertlari tomonidan voqea joyi tekshirilgan.

Ko‘zdan kechirish davomida B.T.ning egnidagi kiyimi chap cho‘ntagidan meni hech kim majburlamadi, mening o‘limimda hech kim aybdor emas, kasallik ekan, hamkasblarimdan hamda oila a’zolarimdan uzr so‘rayman mazmunida yozilgan xat topilgan.

Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, B.T.ning o‘limi o‘zini-o‘zi osishdan yuzaga kelgan bo‘lib, bo‘yin a’zolarida sirtmoq bilan qisilishidan sodir bo‘lgan mexanik asfiksiyadan yuzaga kelgan.

Holat buyicha Navoiy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!