Borrel: Kelajakda YEI Rossiyadan gaz sotib olmaydi

Borrel: Kelajakda YEI Rossiyadan gaz sotib olmaydi

Evropa Ittifoqi Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel bayonotiga ko‘ra, YEI kelajakda Rossiya gazini sotib olishni to‘xtatadi. Bu haqda u “Television Espanola” telekanali muxbiriga aytdi:

- Biz Rossiya o‘rnatgan haddan ziyod energiya qaramligidan xalos bo‘lishga qaror qildik: avval ko‘mir, so‘ngra neft va keyinroq gaz. Faqat bir kechada 40 foizdan nolga tushib qololmaymiz. Bizga Rossiya sotadigan gaz kerakmas. Endi RF biz bu davlatdan gaz olmasligimizni biladi.

Shuningdek, Borrel Yevropa davlatlarini ixtiyoriy ravishda energiyani tejashga chaqirdi.

- Biz allaqachon Rossiya gazini tejashni boshladik, deya qo‘shimcha qilgan YEI mulozimi. - Yil boshida rus gazi importi Yevropada 40 foizni tashkil etgan, hozir bu ko‘rsatkich 20 foizga yaqinlashmoqda.

EI Kengashi Yevrokomissiya tomonidan joriy yil 1 avgustdan 2023 yil 31 martgacha ixtiyoriy ravishda gaz iste’molini 15 foizga qisqartirish to‘g‘risida taklif qilingan rejani ma’qulladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!