Boliviyadagi vaziyat: sobiq prezident mamlakatni tark etdi

Boliviyadagi vaziyat: sobiq prezident mamlakatni tark etdi

Boliviya yangi hukumati iste’foga chiqqan prezident Evo Moralesning Sosializm sari harakat partiyasi deputatlari va uning boshqa tarafdorlarini hibsga olish uchun maxsus prokuratura apparati tuzilishi to‘g‘risida bayonot berdi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Arturo Murilyo ma’lumotiga tayanib, Tiempos nashri xabar tarqatmoqda.

“Shunday senatorlar, deputatlar borki, ular hukumatga qarshi faoliyat yuritmoqda. Qo‘limda ro‘yxat bor, prokuratura orderiga asosan, ularni hibsga olishni boshlaymiz“, – deya qayd etgan Murilyo.

Murilyo, shuningdek, Sosializm sari harakat partiyasi bilan aloqador jurnalistlarning ham ta’qib qilinishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

“Biz yolg‘on ma’lumot emas, to‘g‘ri axborot tarqatishlarini so‘raymiz. Jurnalistlar qo‘zg‘olon ko‘tarishlari emas, o‘z vazifalarini bajarishlari kerak“, deya qo‘shimcha qilgan amaldor. Binobarin, Murilyo voqealarni yoritish chog‘ida OAV xodimlari xavfsizligi ta’minlanishiga va’da bergan.

Boliviyaning sobiq prezidenti Morales esa hukumatning bu harakatlarini qoraladi.

“Boliviyada davlat to‘ntarishini amalga oshirgan shaxslar mamlakatni buyruqlar vositasida, polisiya va harbiy kuchlarga tayanib boshqarmoqda. Ular harbiylarni jinoiy javobgarlikdan ozod etuvchi farmon chiqarishdi”, – deb yozgan Morales o‘z “Twitter” sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Boliviyada 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Morales birinchi turdayoq g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, uning asosiy raqibi Karlos Mesa ovoz berish natijalarini tan olmadi. Shundan keyin Boliviya Qurolli kuchlari mamlakatda barqarorlikni ta’minlash maqsadida Moralesni prezidentlikni lavozimini tark etishga chaqirdi. Shu tariqa Morales iste’fo e’lon qildi.

Ayni paytda Morales unga siyosiy boshpana bergan Meksikada bo‘lib turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!