Bolani davlat bog‘chalariga joylashtirishda kimlarga imtiyoz beriladi?

Bolani davlat bog‘chalariga joylashtirishda kimlarga imtiyoz beriladi?

Kimlarga farzandini davlat bog‘chalariga qo‘yishda imtiyozlar belgilangan? Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram-kanali ma’lumot beradi.

Quyidagi shaxslarga bolani davlat bog‘chalariga qo‘yishda imtiyozlar beriladi:

— nogiron bo‘lgan shaxslarning bolalari;

— uch nafar yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalarning bolalari;

— harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari;

— talabalar va pedagoglarning bolalari;

— yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;

— boshqa muassasalardan o‘tkazilgan bolalar;

— akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar.

Bunda mazkur ro‘yxatdagi bolalarga bog‘chada bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda birinchi navbatda yo‘llanma beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!