Bolalarni bog‘chaga qabul qilish bo‘yicha ikki turdagi xizmat vaqtincha to‘xtatildi. Nega?

Bolalarni bog‘chaga qabul qilish bo‘yicha ikki turdagi xizmat vaqtincha to‘xtatildi. Nega?

2019 yil 1 iyulga qadar “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha elektron ariza yuborish” va “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish navbatini tekshirish” davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar berdi Davlat xizmatlari agentligi.

So‘ngi kunlarda Davlat xizmatlari agentligiga maktabgacha ta’lim muassasalari tizimidagi navbatlar pozisiyalari o‘zgarishi bilan bog‘liq bir nechta murojaatlar kelib tushdi.

Maktabgacha ta’lim vazirligining rasmiy murojaatiga binoan, maktabgacha ta’lim boshqarish tizimini takomillashtirish uchun imtiyozi bor bolalarni elektron navbatga qo‘yishda maxsus hisobga qo‘yish va monitoring qilish tizimi joriy etilmoqda.

Ushbu ishlar tizimli muammolarini bartaraf etish va ularning oldini olish, shuningdek, mazkur xizmatni ko‘rsatishda inson omilini butunlay yo‘q qilish va to‘liq avtomatlashtirish uchun amalga oshirilmoqda.

Shu bois, 2019 yil 1 iyulga qadar elektron navbat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan qayta tiklanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!