Bolalar bog‘chalari qanday paydo bo‘lgan?
Maktabgacha ta’lim-tarbiya muassasalari nemis o‘qituvchisi Fridrix Fryobelning sharofati bilan paydo bo‘lgan. 1837 yilda u o‘zining "Bolalar bog‘chasi" ("Kindergarten") deb nomlangan muassasa ochib, yosh avlodga maxsus ta’lim-tarbiya berish g‘oyasini amaliyotga tatbiq etgan. Nemis tilidan so‘zma-so‘z tarjima qilinganda bu atama "bolalar bog‘i" degan ma’noni anglatadi.
Fryobel bu g‘oyasi orqali bolalar barcha zarur ko‘nikmalarni egallaydi, jamiyatda o‘zini tutish qonun-qoidalarini o‘rganadi, birgalikdagi tadbirlar va o‘yinlar orqali shaxs sifatida rivojlanadi, deb ishongan. U bolalarni bog‘dagi o‘simliklar bilan taqqoslagan, chunki ular ham mukammal rivojlanishi uchun bog‘bonning mehri va e’tiboriga muhtoj.