Bojxona qoidabuzarligining oldi olindi

Bojxona qoidabuzarligining oldi olindi

“Olot” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan katta miqdordagi bojxona qoidabuzarlik holatiga chek qo‘yildi.

Joriy yilning 28 fevralida bojxona postiga xorijiy yo‘nalishda harakatlanib kirib kelgan yuklar tegishli tartibda “Z-Portal” inspeksion ko‘rik majmuasi yordamida skanerdan o‘tkazilgan.

Bojxona qoidabuzarligining oldi olindi

Yuklarning rentgen tasviri va yuk kuzatuv hujjatlari o‘rtasida tafovutning mavjudligi bojxona ko‘rigidan o‘tkazish lozimligini ko‘rsatgan.

Bojxona qoidabuzarligining oldi olindi

Ko‘rik jarayonida esa, bojxona yuk deklarasiyasida faqatgina bir nom ostida ko‘rsatilgan yuklar aslida bir-biridan batamom farqlanuvchi tovarlar ekanligi aniqlandi.

Bojxona qoidabuzarligining oldi olindi

Bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida amalga oshirilgan ushbu noqonuniy xatti-harakat o‘z vaqtida aniqlanishi natijasida umumiy qiymati 4 milliard 158 million so‘m bo‘lgan tovar moddiy boyliklari vaqtincha saqlovga olingan.

Holat yuzasidan esa, bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!