Bizga hozir ko‘proq yordam kerak — Ukraina prezidenti

Bizga hozir ko‘proq yordam kerak — Ukraina prezidenti

Volodimir Zelenskiy CBS telekanaliga bergan intervyusida rus qo‘shinlari Ukrainaga bahor oxiri yoki yoz boshida yirik hujum uyushtirishi mumkinligini aytdi. Zelenskiy hujum qaysi yo‘nalishda kutilayotganiga aniqlik kiritmadi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan qishda Ukraina Qurolli kuchlari rus qo‘shinlarining oldinga siljishini to‘xtatib, vaziyatni barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘lgan.

"Ukraina armiyasi o‘q-dorilarning keskin tanqisligini boshdan kechirmoqda. Bizga eng ko‘p kerak bo‘ladigan narsa Amerikaning Patriot raketalarga qarshi mudofaa tizimlari va artilleriya snaryadlaridir", — deya qo‘shimcha qildi prezident.

AQSh Kongressi bir necha oydan beri ichki siyosiy kelishmovchiliklar tufayli Ukrainaga 60 milliard dollar miqdoridagi harbiy yordamni moliyalashtirishni tasdiqlay olmadi. Qo‘shma Shtatlar Senati fevral oyida qonun loyihasini ma’qullagan, ammo u Vakillar palatasi tomonidan ko‘rib chiqilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!