Birlashgan Qirollik Sudandagi ba’zi korxonalarga nisbatan sanksiyalar joriy qildi

Birlashgan Qirollik Sudandagi ba’zi korxonalarga nisbatan sanksiyalar joriy qildi

Buyuk Britaniya mojaroni moliyalashtirgani uchun Sudanning ayrim korxonalariga qarshi sanksiyalar e’lon qildi.

Tashqi ishlar vazirligi yozma bayonotida, Sudanda mojaro boshlanganidan keyingi birinchi yilda urushayotgan tomonlarni moliyalash bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga yangi sanksiyalar joriy etilishini bildirdi.

«Qattiq choralar Sudan armiyasi va Tezkor harakat kuchlari (RRF) bilan aloqador kompaniyalarning aktivlarini muzlatib qo‘yadi va moliyaviy erkinligini cheklaydi», — deyiladi bayonotda.

Hisobotda ta’kidlanishicha, sanksiyalar urushayotgan tomonlar uchun harbiy harakatlarni to‘xtatish va to‘liq tinchlik jarayonini boshlash uchun «aniq signal»dir.

Ba’zi banklar va tog‘-kon kompaniyalariga sanksiya qo‘yilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!