Bir necha haftada 11 ta ayolga hujum: aybdor esa 14 yoshda

Bir necha haftada 11 ta ayolga hujum: aybdor esa 14 yoshda

So‘nggi bir necha hafta mobaynida Frankfurtda ayollarga nisbatan 11 ta hujum uyushtirildi. Tajovuzkor orqadan yugurib kelib, ularning og‘zini qo‘llari bilan yopgan.

Tajovuzkor ayollarni haqoratlab, boshqalarning oldida sharmanda qilib, kamiga tegajog‘lik ham qilgan.

Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda. 8 aprel kuni polisiya bir necha kundan beri avtobus bekatida turgan g‘alati bir yigitga e’tiborini qaratgan.

Vaholanki, u jabrdiydalar tomonidan tasvirlab berilgan jinoyatchiga o‘xshar edi.

Tekshiruvlar o‘tkazildi va hujumlarning 14 yoshli bolakay tomonidan sodir etilgani ma’lum bo‘ldi. Bu o‘sha bekatdagi g‘alati yigitcha edi.

Tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!