Belgiya shahzodasi koronavirus yuqtirib oldi

Belgiya shahzodasi koronavirus yuqtirib oldi

Belgiya shahzodasi Ioahim koronavirus pandemiyasi sabab e’lon qilingan karantin tartibi vaqtida Ispaniyaga sayohat qilgan va u yerda COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olgan. Bu haqda Qirollik saroyi bayonotiga tayanib, BBC xabar qilgan.

Qayd etilishicha 28 yoshli Ioahim Ispaniyaga 26 mayda ish yuzasidan kelgan va ikki kun o‘tgach, Kordobadagi oqshom ziyofatida ishtirok etgan.

Ispaniya OAVning xabar qilishicha, tadbirda 27 kishi qatnashgan va bu «o‘zini yakkalash» tartibining qo‘pol ravishda buzilganini anglatadi. Mahalliy qonunlarga ko‘ra, to‘planib o‘tkaziladigan tadbirlarda ko‘p bilan 15 kishi ishtirok etishiga ruxsat berilgan. O‘z navbatida Belgliya OAV ma’lumoti bo‘yicha, ziyofatda 10-12 kishi qatnashgan. Ispaniya polisiyasi bu borada tekshiruv ishlarini boshlagan. Tartibni buzganlar 10 ming yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Ayni vaqtda Belgiya shahzodasi Ispaniyada qolgan va «o‘zini yakkalash» tartibiga rioya qilmoqda. Hozircha unda koronavirusning yengil belgilari kuzatilgan.

Shahzoda Ioahim – qirolning singlisi, malika Astrid Belgiyskayaning kenja o‘g‘li. U Belgiya qiroli bo‘lishi mumkin bo‘lgan valiahdlar ro‘yxatida 10-o‘rinda turadi. Shahzodaning mahbubasi Viktoriya Ortis Ispaniyada istiqomat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Belgiyada 14 mart kuni karantin tartibi e’lon qilingan, 4 maydan boshlab cheklovlarni bosqichma-bosqich yumshatila boshlandi, ushbu jarayon yoz oxirigacha davom etishi taxmin qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!