Bayrutdagi portlash! Bojxona boshlig‘ini hibsga olish uchun order berildi

Bayrutdagi portlash! Bojxona boshlig‘ini hibsga olish uchun order berildi

Livan tergovchilari Bayrut portidagi portlash bilan bog‘liq ish bo‘yicha respublika Bojxona xizmati boshlig‘i Badri Daxerni hibsga olishga order berdi.

Bu haqda Al Arabiya telekanali ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, order ushbu mansabdor shaxsning ko‘rsatmasidan so‘ng berilgan.

Ta’kidlanishicha, tergovchilar bojxona rahbarini to‘rt soat davomida so‘roq qilishgan.

4-avgust kuni Bayrut portidagi omborda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Portlash to‘lqini minglab uylarni vayron qildi, 300 mingdan ortiq odam boshpanasiz qoldi. 178 kishi vafot etdi, 6 mingga yaqin odam jarohatlandi, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qoldi.

Bayrut gubernatori Maron Abbudning aytishicha, shaharni qayta qurish uchun 12 dan 15 milliard dollargacha mablag‘ kerak bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!