Bayden: AQSh Donbass va Ukrainadagi referendumlarga qattiqroq sanksiyalar bilan javob beradi

Bayden: AQSh Donbass va Ukrainadagi referendumlarga qattiqroq sanksiyalar bilan javob beradi

Amerika yetakchisi Jo Bayden Donbass respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarida o‘tkazilgan referendumlarga javoban Rossiyaga qarshi “tez va qattiq” iqtisodiy sanksiyalar joriy etishga tayyorligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, AQSh rasmiylari o‘z ittifoqchilari va hamkorlari bilan sanksiyalarni kuchaytirish masalasida ishlash niyatida.

Bayden Vashington referendum natijalarini tan olmasligini ham ta’kidladi.

23 sentyabr kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarida, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarining ozod qilingan hududlarida Rossiyaga qo‘shilish masalasi bo‘yicha referendumlar boshlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!