Bangladeshdagi yong‘in 40 dan ziyod insonning yostig‘ini quritdi

Bangladeshdagi yong‘in 40 dan ziyod insonning yostig‘ini quritdi

Bangladeshda yuz bergan yong‘in tufayli 40 dan ziyod odam halok bo‘ldi. Bu haqda “Dhaka Tribune” gazetasi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Samanta La’l Sen bergan ma’lumotga tayanib yozgan.

O‘zA xabariga ko‘ra, savdo markazi ikkinchi qavatida joylashgan “Kacchi Bhai” restoranida yong‘in oqshom payti kelib chiqqan. Olovni o‘chirish jarayoni ikki soat cho‘zilgan.

Mahalliy “Daily Star” gazetasi yozishicha, o‘t iskanjasidan olib chiqilgan 75 kishidan 40 nafari hushsiz edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!