BAA Isroil fuqarolari uchun vizani bekor qildi

BAA Isroil fuqarolari uchun vizani bekor qildi

Birlashgan Arab Amirliklari Isroil bilan aloqalari yaxshilanishi ortidan mazkur mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy etadi. Isroilning KAN telekanali xabariga ko‘ra, tegishli bitim bugun, 20 oktyabrda imzolanadi. 

Bitimni imzolash marosimi Tel-Avivdagi Ben-Gurion aeroportda bo‘lib o‘tadi. Unda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu, AQSh Moliya vaziri Stiven Mnuchin va BAA Moliya vaziri Ubayd ibn Hamid ishtirok etadi. 

Shunday qilib, BAA isroilliklar uchun vizani bekor qilgan ilk arab davlati bo‘ladi. 

Shuningdek, bugun BAA va Isroil delegasiyalari ikki davlat o‘rtasida savdo operasiyalarini soddalashtirish masalasini ham muhokama qiladi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!