Azim Ahmedxo‘jayev Jizzax viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

A A A
Azim Ahmedxo‘jayev Jizzax viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyot va blokcheynni rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan Azim Ahmedxo‘jayev Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqdagi ma’lumotni Jizzax viloyati hokimligi Kun.uz ga tasdiqladi.

Qayd etilishicha, A. Ahmedxo‘jayev Jizzax viloyati hokimining investisiyalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.

Azim Ahmedxo‘jayev 1979 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti bitiruvchisi (2002 yil). 2018 yilning fevral - avgust oylarida O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri bo‘lgan, 2017 2018 yillarda Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga rahbarlik qilgan.

2016 yil mayidan 2017 yil martiga qadar Asaka-bank boshqaruvi raisi, bungacha 2011 yil mayidan Milliy bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari, raisning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Bundan avval 2009 yil yanvaridan Milliy bankning NBU Invest Group sho‘’basiga raislik qilgan. Bungacha Iqtisodiyot vazirligi hamda O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tuzilmalarida ishlagan.

Prezidentning 10 yanvarda qabul qilingan Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish to‘g‘risida gi farmoni bilan 2019 yil 1 martdan boshlab Jizzax viloyatida Ilg‘or hudud sinov loyihasi amalga oshiriladi.

Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi sinov loyihani tizimli va samarali tayyorlash hamda amalga oshirish uchun mas’ul organ hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!