Ayovsiz kaltaklangan buxorolik yigit! Aslida, nima bo‘lgandi?

Ayovsiz kaltaklangan buxorolik yigit! Aslida, nima bo‘lgandi?

2020 yil 06 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Hamma joyi kaltaklanib momataloq bo‘lib ketgan Buxorolik yigit Prezidentga murojaat qilmoqda” deb izohlangan 59 soniyali videolavha tarqalgandi. Buxoro viloyati IIB bu holatga izoh berdi.

2020 yil 26 iyul kuni soat 00:45 da Jondor tuman IIB Navbatchilik qismiga fuqaro A.Q telefon orqali Jondor tuman Ho‘jaxayron MFY Ho‘jaxayron qishlog‘ida yashovchi fuqaro D.Karimov mast holda yangasi G.Q.ning yashash uyiga kelib, tinchligini buzganligi sababli hududiy profilaktika inspektorini yuborishni so‘ragan. Mazkur xabarnoma tegishli tartibda tuman IIBda qayddan o‘tkazilib, profilaktika katta inspektori kapitan M.Ziyoyev tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.

Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida quyidagilar aniqlandi:

2020 yil 26 iyul kuni soat 00:30 larda Jondor tuman Ho‘jaxayron MFY Ho‘jaxayron qishlog‘ida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro Karimov Doston Ismat o‘g‘li spirtli ichimlik ichgan mast holatda shu qishloqda yashovchi G.Q ismli ayolning yashash uyiga borib tinchligini buzgan. G.Q.ning turmush o‘rtog‘i hozirda ishlash maqsadida Rossiya Federasiyasiga ketganligi sababli u telefon orqali qaynukasi 1993 yilda tug‘ilgan A.Q hamda 1977 yilda tug‘ilgan qaynakasi S.Q.larni chaqirgan. A.Q. va S.Q.lar kelib D.Karimovni urib tan jarohati yetkazganlar.

Fuqaro A.Q.ning tuman IIBga qilgan murojaati asosida IIB xodimlari voqea joyiga yetib borib, D.Karimovning mastlik darajasini aniqlash maqsadida tuman narkologiya dispanseri ko‘rigidan o‘tkazishgan. (narkolog xulosasiga ko‘ra D.Karimov alkogolli mastlik holatida ekanligi tasdiqlangan)

Fuqaro D.Karimov 27 iyul kuni soat 12:30 da olgan tan jarohati bo‘yicha tuman kasalxonasiga murojaat qilgan. Mazkur xabarnoma tegishli tartibda tuman IIBda qayddan o‘tkazilib, shu kunning o‘zida fuqaro D.Karimovga nisbatan olgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasini aniqlash bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Fuqaro D.Karimov sud-tibbiy ekspertizasi ko‘rigidan o‘tishni rad qilib, shu kunga qadar STE ko‘rigidan o‘tmasdan kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi JPK talablariga muvofiq fuqaro D.Karimovni sud-tibbiy ekspertizasi ko‘rigidan o‘tishini ta’minlash maqsadida 2020 yil 05 avgust kuni xabarnoma yuzasidan surishtiruv muddati tuman prokurori tomonidan 10 kunga uzaytirilgan.

Hozirda holat yuzasidan Jondor tumani IIB Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!