Ayol kishi sochining uzunligi ko‘kragini yopishi kerakmi?

Ayol kishi sochining uzunligi ko‘kragini yopishi kerakmi?

— Keksa buvim yiqilib, oyog‘i lat yedi. Yurolmay bir joyda yotib qoldi. Shunda onam issiqda qiynalmasin deb buvimning sochini kalta qilib kesib qo‘ydi. Lekin eshitishimcha, ayollar sochi ko‘kragini yopadigan darajada uzun bo‘lishi kerak ekan. Vafot etganda sochi kalta bo‘lib ketmasligi kerak ekan. Shu gap qanchalik to‘g‘ri?

— Erlari bo‘lsa, o‘sha kishining ruxsati ila bo‘ladi. Zaruriy holatlarda ayol kishi g‘usl va ba’zi bir narsalarga qiynalgan holatlarda qisqartirish joiz. Qiyomatda qayta tirilganida erkagu ayol yalang‘och bo‘ladi. Shundan ba’zi kishilar ijtihod qilib ayolning sochlari uzun bo‘lsa, ko‘kraklarini to‘sib turishi kerak, deganlar.

Ulamolar ayol kishi sochini kesishiga ruxsat berganlar, faqat quloq yumshog‘idan yuqori bo‘lib ketmasligi kerak ekanligini ta’kidlaganlar. Soch zararlanganida parvarish uchun, er talab qilganida kesish joiz. Ammo boshqa holatlarda uzun bo‘lishi afzal, albatta. Vallohu a’lam!

Muhammad Ayyub HOMIDOV


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!