Avstraliyada musulmonlar kino festivali boshlandi

Avstraliyada musulmonlar kino festivali boshlandi

Avstraliyada ilk bor musulmonlar kino festivali o‘tkaziladi. Pert shahrida boshlangan forumda musulmon jamoatchiligi va va Islom olami haqida hikoya qiluvchi 60 ta kino taqdim etiladi.

Tashkilotchilarning aytishicha, mamlakatda ilk bor o‘tkazilayotgan anjumanga Pert va Melburn shaharlari mezbonlik qiladi. Festivalda ming nafargacha tomoshabin qatnashishi kutilmoqda.

E’tiborli tomoni, tanlovda qatnashayotgan kinematograflarning hammasi ham musulmon emas va ushbu kartinalarda madaniyat, islomofobiya, irqchilik kabi narsalar ham ko‘rsatib berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!