Atambayev IIV tergov boshqarmasiga kelmadi

Atambayev IIV tergov boshqarmasiga kelmadi

Almazbek Atambayevda sobiq prezident daxlsizligi hali mavjud. Huquq tartibot organ xodimlarida uni so‘roqqa chaqirtirish vakolati yo‘q. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston muxbiriga Atambayevning yuridik vakili Sergey Slesarev ma’lum qildi.

Atambayev guvoh sifatida so‘roqqa chaqirtirilgandi. Biroq u borishdan bosh tortdi. Uning fikriga ko‘ra, “hukumat huquqiy maydondan chetga chiqdi”.

Hozirgi vaqtda Qirg‘iziston IIV jinoiy avtoritet Aziz Batukayev ozod qilinishi bo‘yicha ishni tergov qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston parlamenti deputatlari Almazbek Atambayevni sobiq prezident maqomini olib tashlashga ovoz berishdi.

Qirg‘iziston parlamenti 13 iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgan va u olib borgan ish natijasida Almazbek Atambayev oltita jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa qilingan. Jo‘qorg‘u Keneshi xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yubordi.

Xulosaga ko‘ra sobiq prezidentga nisbatan quyidagi aylovlar ilgari surildi: Bishkek IES modernizasiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va stansiyaga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishi, Tarixiy muzeyni rekonstruksiyasida korrupsiya ishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Koy-Tash va Chon Sari-Oy qishloqlarida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi.

Mamlakat bosh prokurori O‘tkurbek Jamshitov sobiq prezident ehtimol besh jinoyatlarga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida bayonot bergandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!