Armaniston harbiy holatni bekor qilishdan bosh tortdi

Armaniston harbiy holatni bekor qilishdan bosh tortdi

Armaniston parlamenti mamlakatdagi harbiy holatni bekor qilishdan bosh tortdi.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Qorabog‘dagi mojaroning kuchayishi sababli 27 sentyabrda e’lon qilingan harbiy holatni bekor qilish tashabbusi bilan "Yorqin Armaniston" va "Rivojlanayotgan Armaniston" kabi muxolifat fraksiyalari chiqishgan.

Qonun loyihasiga 36 deputat yoqlab ovoz bergan, 56 deputat esa qarshi chiqqan.

Xususan, hukmron fraksiya "Mening qadamim" ham bekor qilishga qarshi ovoz bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!