Arab ligasi G‘azo masalasida yig‘ilish o‘tkazishga chaqirdi

Arab ligasi G‘azo masalasida yig‘ilish o‘tkazishga chaqirdi

Chorshanba kungi Qohiradagi Falastin elchixonasining bergan bayonotida aytilishicha, Arab Ligasi Payshanba kuni favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Unda Isroilning G‘azo sektoridagi bosqinchiliklari muhokama qilinadi.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv Qohiradagi bosh qarorgohda bo‘lib o‘tadi. Arab ligasining doimiy vakillari ishtirok etadigan ushbu yig‘ilish Falastin rahbariyatining iltimosiga binoan amalga oshirilmoqda.

Falastinning Misrdagi elchisi Diyab Lohning aytishicha, ishtirokchilar Isroilning Yaqin Sharqdagi eng yirik harbiy anklaviga qarshi harbiy harakatlarni amalga oshirish masalasi yuzasidan “amaliy tavsiyalar” beradilar.

So‘nggi uch kun ichida 14 nafar falastinlik Isroilning bloklangan hududlari bo‘ylab qilgan havo hujumi va artilleriyalari natijasida shahid bo‘lgan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!