AQShning eng “yoshi ulug‘” qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bankrotga uchradi

AQShning eng “yoshi ulug‘” qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bankrotga uchradi

Amerikaning eng keksa qurol ishlab chiqaruvchi “Remington” kompaniyasi bankrotlik to‘g‘risida ma’lum qildi.

“Kompaniyaning 250 million dollarlik qarzi bor”, deb yozadi Bloomberg.

“Remington” rasmiylari ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi to‘rt yil ichida savdo hajmi ikki baravar kamayib, 437,5 million dollarni tashkil qilgan.

Sudga berilgan bankrotlik to‘g‘risidagi ariza korxonani qayta tashkil etish va moliyaviy sog‘lomlashtirishni, uni tugatish va aktivlarni sotishning oldini olishni anglatadi. Arizani topshirgandan so‘ng kompaniya nazorat ostida ishlashni davom ettiradi va qarzlarni to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

"Remington Arms" - bu keng ko‘lamli fuqarolik va harbiy qurollarni, shuningdek, o‘q-dorilarei ishlab chiqaradigan Amerikadagi eng yirik xolding bo‘lib, 1816 yilda Elifalet Remington tomonidan tashkil etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!