AQShlik bokschi YTH oqibatida vafot etdi

AQShlik bokschi YTH oqibatida vafot etdi

Amerikalik yengilmas bokschi Trevell Mazion 15 iyul kuni Ostin shahrida (Texas shtati) sodir bo‘lgan avtohalokat oqibatida vafot etdi. YTHda Yana ikki kishi tan jarohati olgan.

Mazion yana 9 kundan keyin 25 yoshga to‘lardi.

Super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiquvchi bokschi 2013 yilda prof boksda debyut qilgan va oxirgi jangini 2020 yilning 11 yanvarida o‘tkazgandi. O‘shanda Trevell Fernando Kastanedani 1-raunddayoq mag‘lub etib, NABF  chempionlik kamariga ega chiqqandi.

U jami 17 jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va 13 jangni nokaut bilan yakunlagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!