AQSh yangi strategik bombardimonchi samolyotini namoyish qilmoqchi

AQSh yangi strategik bombardimonchi samolyotini namoyish qilmoqchi

Pentagon rahbari Lloyd Ostin 2 dekabr kuni Amerikaning eng yangi strategik bombardimonchi samolyotini ilk taqdimotida ishtirok etadi, deb ma’lum qilgan AQSh mudofaa vazirligi rasmiy vakili Patrik Rayder.

"Kelayotgan juma kuni Ostin yangi bombardimonchi samolyot namoyishida ishtirok etadi", – degan u brifingda.

Taqdimot marosimi Kaliforniya shtatida AQSh harbiy-havo kuchlari hamda Northrop Grumman kompaniyasi tashkilotchiligida bo‘lib o‘tishi aytilmoqda. Xabarda keltirilishicha, B-21 Raider, deb nomlanuvchi yangi bombardimonchi samolyot "stels" texnologiyasi bo‘yicha yaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!