AQSh va Turkiya Rossiyaning quroli tufayli janjallashmoqda

AQSh va Turkiya Rossiyaning quroli tufayli janjallashmoqda

Anqara Amerikaning F-35 qiruvchi samolyotlaridan voz kechmoqchi. Vashington unga tahdid qilmoqda.

Turkiya Rossiyaning S-400 raketa komplekslarini xarid qilayotgani uchun, AQSh ultimatum qo‘ydi. Yil oxirigacha Turkiya F-35 yoki S-400 oladi, bir vaqtning o‘zida ikkovini ololmaydi , AQSh senatorlari The New York Times dagi maqolada shunday ta’kid bilan chiqishdi. Respublikachilar va demokratlar bir ovozdan: Turkiya Rossiyaning qurolidan voz kechishi kerak, aks holda qattiq sanksiyadar ostida qoladi va uning iqtisodiga jiddiy zarar yetadi , deya ta’kidlashmoqda.

Turkiya Shimoliy-Atlantik ittifoqning a’zosi. Uning talablariga ko‘ra barcha qurollanish tizimlari yagona standartga bo‘ysunishi kerak. Bundan tashqari agar Anqara, ham S-400 ham F-35 ga ega bo‘lsa, Rossiya Amerikaning beshinchi avlod qiruvchi samolyotlarini aniqlashni o‘rganib oladi. AQSh aynan shundan havotirlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!