AQSh va NATO Rossiyani Ukraina bilan urushtirmoqchi — OAV

AQSh va NATO Rossiyani Ukraina bilan urushtirmoqchi — OAV

AQSh va NATO Moskva hamda Kiyev o‘rtasida urush qo‘zg‘atish maqsadida Rossiya bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatmoqchi, deb yozadi Myśl Polska.

Muallif Rossiyaning G‘arb vakillari munosabatini hisobga olgan holda ular bilan uchrashishda davom etishi mantiqiymi, deb so‘raydi. “Muzokaralardan hech narsa chiqmasligiga ishonamiz, chunki AQSh va uning yaratuvchisi NATO aniq mojaroni kuchaytirishga intilmoqda”, — deb yozadi gazeta.
Maqolada aytilishicha, Vashington Moskvani o‘zi qatnashmoqchi bo‘lmagan urushga tortmoqchi.

"Ular (AQSh rahbariyati. - Tahr.) yadro urushini xohlamaydilar, chunki unda g‘oliblar bo‘lmaydi. Ularga Ukrainadagi urush kerak va ular Rossiyani unga tortmoqchi", - deya ta’kidlaydi gazeta.

Gazeta AQSh va NATOning pozisiyasini qulay deb ataydi, chunki ularning fuqarolari jangovar harakatlardan aziyat chekmaydi. Ammo nashr faraziy jangovar harakatlar sodir bo‘lgan taqdirda polyaklar ham urushga tortilishini istisno etmaydi.

“Haqiqiy shaytoniy reja umumiy diniy, madaniy va asosan etnik ildizlarga ega bo‘lgan rus va ukrain xalqlari vakillari keng ko‘lamli mojaroda bir-birini o‘ldiradigan vaziyatni yaratishni o‘z ichiga oladi”, — deya xulosa qiladi gazeta.

Bir kun oldin Bryusselda Rossiya-NATO kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, undan oldin, dushanba kuni Jenevada Rossiya va AQSh delegasiyalari o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Kreml blokning possovet davlatlari bilan harbiy hamkorligini to‘xtatish, ular hududida bazalar tashkil etishdan voz kechish, Rossiya chegarasi yaqinida zarba beruvchi qurollarni joylashtirishni cheklash, Amerika yadro qurollarini Yevropadan olib chiqish va NATO sharq tomon kengaymasligiga kafolat berishni talab qilmoqda.

Muzokaralar boshlanishidan oldin ham Vashington Moskva taklif qilgan ayrim fikrlarni nomaqbul deb atadi. Rossiya bu hujjatlar ultimatum emasligini, biroq, ayniqsa bosim ostida bir tomonlama yon bosmasligini ta’kidladi.

G‘arb siyosatchilari so‘nggi oylarda Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘plaganini ta’kidlamoqda. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’kidlaganidek, qurolli kuchlar davlat hududida harakatlanmoqda - bu hech kimga tahdid solmaydi va hech kimni bezovta qilmasligi kerak. Moskvaning ta’kidlashicha, “Rossiya agressiyasi” haqidagi bayonotlar chegara hududlarida NATO kontingentini to‘plash uchun bahona sifatida foydalanilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!