AQSh Ukraina bilan hamkorlikni mustahkamlash niyatida

AQSh Ukraina bilan hamkorlikni mustahkamlash niyatida

AQSh hukumati Ukraina bilan harbiy sohada hamkorlik qilishdan manfaatdor.

Pentagon rahbari Mark Esper Ukraina mudofaa vaziri Andrey Zagorodnyuk bilan Bryusseldagi uchrashuvidan so‘ng shunday fikr bildirdi.

“AQSh Ukraina mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi”, deb yozadi Esper Twitterdagi sahifasida.

Avvalroq AQShning NATOdagi doimiy vakili Key Beyli Xatchison bunday qo‘llab-quvvatlashga javoban Kiyev mamlakatdagi korrupsiyaga qarshi kurash va harbiy islohotlarni jadallashtirishi kerakligini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!