Apellyasiya sudi korrupsiyada ayblangan Gonkongning sobiq rahbarini oqladi

Apellyasiya sudi korrupsiyada ayblangan Gonkongning sobiq rahbarini oqladi

Gokongning Oliy appellyasiya sudi 26 iyun kuni korrupsiya ishi bo‘yicha bir yilga qamalgan Xitoyning ushbu maxsus ma’muriy birligi sobiq rahbari bo‘lgan Donald Sangdan ayblovni olib tashladi. Bu haqda «TASS» xabar berdi.

Sud majlisida 74 yoshli Sangning o‘zi ishtirok etmagan. Chunki u hozirda rafiqasi bilan Yevropada sayohat qilmoqda. U Gonkongda mansabni suiiste’mol qilgan eng yuqori lavozimli rahbar bo‘ldi. Sang 2017 yilda sud tomonidan 20 oyga qamalgan edi. Lekin qamoqda 1 yil o‘tirdi va 2019 yilning yanvarida ozodlikka chiqdi.

Unga qo‘yilgan ayblovlar 2010—2012 yillarda qo‘shni Shenjen shahrida vasiyatchilik faoliyatiga lisenziya rasmiylashtiruvchi korporasiya aksioneridan hashamatli kvartiralarni qabul qilish bilan bog‘liq norasmiy bitim tuzilgani bilan bog‘liq.

Uch qavatli kvartira sobiq amaldorga uzoq muddatli ijaraga yoki «sovg‘a sifatida» ramziy narxda berilgan. Bunda amaldor nafaqaga chiqqandan so‘ng yashashni rejalashtirgan pentxausni qayta ta’mirlash tekinga tushgan. Bunga sarflangan 435 ming dollarni kvartiraning sobiq egasi «ixtiyoriy ravishda» qoplagan.

Ishni ko‘rib chiqayotgan appellyasiya instansiyasi sudyalari ishni dastlabki ko‘rib chiqqan instansiya sudyalari bunda korrupsiya alomatlari borligi haqida bir qarorga kela olmagan va sud qonun buzlishi sabablarini tegishli ravishda asoslab bera olmaganini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!