Anjelina Joli Butunjahon qochqinlar kunida Burkina-Fasoga tashrif buyurdi

Anjelina Joli Butunjahon qochqinlar kunida Burkina-Fasoga tashrif buyurdi

Ko‘p yillar davomida BMTning xayrixoh elchisi bo‘lgan aktrisa Anjelina Joli Butunjahon qochqinlar kunida Burkina-Fasoga tashrif buyurdi.

U mamlakat ichki ishlar vaziri Alfa Barri hamrohligida vertolyotda Gudebadagi qochqinlar lageriga yetib keldi, u yerda o‘z mamlakatlaridagi zo‘ravonliklardan qochgan minglab maliyaliklar boshpana topishgan.

“Men 20 yildan buyon har yili turli mamlakatlardagi qochqinlar bilan bu kunni nishonlayman. Ammo men hech qachon dunyodagi qochoqlarning ahvolidan hozirgi kabi tashvishlanmaganman. Haqiqat shundaki, biz qo‘limizdan kelgan ishlarning yarmini qilmayapmiz qochqinlarning uylariga qaytishlari yoki Burkina-Faso kabi mezbon mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yechimlar topish kerak. Ko‘p yillar davomida ular asosiy ko‘mak va himoya bilan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan gumanitar yordam yukini o‘z zimmalariga olishgan “, dedi Joli.

Aktrisa bu muammoga befarq bo‘lmaganlarning barchasini qochqinlar masalasini hal qilishda yordam berishga chaqirdi.

Shuningdek, u Burkina Faso Prezidenti Rok Kabore bilan uchrashdi va mamlakat ichidagi qochqinlarning yashash sharoitlari bilan bog‘liq gumanitar masalalarni muhokama qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!