"Aniq.uz"ga murojaat qilishdi: "Chiroqchida o‘qituvchini jazolashibdi, ammo "paq-paq"lardan yurib bo‘lmay qoldi-ku"

"Aniq.uz"ga murojaat qilishdi: "Chiroqchida o‘qituvchini jazolashibdi, ammo "paq-paq"lardan yurib bo‘lmay qoldi-ku"

Oldinroq Chiroqchidagi maktablardan birida sodir bo‘lgan voqea — o‘qituvchining pirotexnika vositasidan foydalangan o‘quvchiga kuch ishlatgani va buning uchun jazolangani haqida xabar bergan edik. Ayni shu xabar yuzasidan "Aniq.uz"ga bir qator murojaatlar kelib tushmoqda. Quyida ana shunday murojaatlardan birini havola etamiz. Xulosa o‘zingizdan.

Assalomu alaykum. Chiroqchidagi o‘qituvchi pirotexnika ishlatib qo‘rqitib yurgan o‘quvchiga tanbeh berganligi uchun eng kam ish haqining 10 barovari miqdorida jarimaga tortilibdi va ishdan bo‘shatilibdi. Unda pirotexnikani bemalol ishlatib yurish kerakmi o‘quvchi, tanganing ikkinchi tomoni qani? Nima uchun o‘qituvchi tanbeh berib, o‘z vazifasini bajarganligi sabab jarimaga tortildi va ishdan bo‘shatildi? O‘quvchi pirotexnikani bemalol ishlatib, biror-bir o‘quvchiga yomon oqibatlariga olib kelsa, yana o‘sha o‘qituvchi jarimaga tortiladi, shundaymi? O‘quvchilarga kim masul, hozir qaysi maktabga kirsangiz, hamma yoqda "paq-paq". Pirotexnikang oldini kim oladi? 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!