Angrenda ko‘mir ortilgan vagonlarga hujum qilindi

Angrenda ko‘mir ortilgan vagonlarga hujum qilindi

Joriy yilning 17 noyabr kuni usti yarim ochiq 50 ta vagonlarda ko‘mir mahsulotlari “Angren – Ohangaron” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan va yo‘lda “Obliq” temir yo‘l bekatida 4 ta vagondagi ko‘mir mahsulotlari yuk qabul qiluvchi Olmaliq kon metallurgiya kombinatini Angren shahridagi filiali bo‘lganligi uchun uzib qolingan.

Vagonlar uzilgandan so‘ng harakat tarkibi Ohangaron yo‘nalishi bo‘ylab davom etib ketgan.

Ushbu uzib qolingan vagonlar teplovozga ulanib belgilangan manzilga olib o‘tish vaqtida ko‘mir mahsulotini talon-taroj qilish maqsadida 5 nafar noma’lum shaxslar vagonga osilgan.

Tezkorlik bilan mazkur holatni ko‘rgan va shu yerda xizmat olib borayotgan Ohangaron o‘qchilik komandasi o‘qchisi vagonga chiqqan noma’lum shaxslarni ushlash maqsadida teplovozni to‘xtatgan. Teplovoz to‘xtagan vaqtda ushbu noma’lum shaxslar har tomonga qochib ketishgan.

Hozirda mazkur noma’lum shaxslarni aniqlash, kelgusida ularning ushbu noqonuniy harakatiga qonuniy baho berish yuzasidan tezkor-surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Axborot-tahliliy media markazi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!