Inbazar zo‘ravoni 7 sutkaga qamaldi

Inbazar zo‘ravoni 7 sutkaga qamaldi

Sergeli tuman sudi xodimini kaltaklagan Inbazar boshqaruvchisiga 7 sutka, ushbu holatni videoga olgan yigitga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Ma’lum bo‘lishicha, xodim aravachani pastlikka qo‘yib yuborgani va u borib boshqa aravachaga hamda eshikka urilgani uchun ish boshqaruvchi tomonidan kaltaklangan.

Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng, katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, aksariyat tomonidan qoralandi va Inbazar do‘konlarida sodir bo‘lgan boshqa zo‘ravonlik va haqoratlash holatlari ma’lum bo‘ldi.

Ayni damda holat IIBB tomonidan nazoratga olingan va tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 14 sentyabr kuni Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi yirik savdo markazlaridan biri bo‘lmish Inbazar'ning Sergeli tumanidagi savdo markazi mas’uli Mehroj ismli xodimini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Ko‘p o‘tmay tarmoq rahbari videomurojaat qilib, zo‘ravonga jazo ko‘rilishini aytib chiqdi.

Shundan so‘ng, rahbarning o‘zi ishchilariga zo‘ravonlik qilgani, kaltaklagani aks etgan videolar ham tarqaldi. Toshkent shahar IIBB zo‘ravonlik aks etgan holatlar eski bo‘lib, hech kim ariza bilan murojaat qilmaganini bildirdi. Rasmiylarga ko‘ra, Inbazar asoschisi Omadbek Holmatovga nisbatan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!