Angela Merkel Tereza Meyni hammaning oldida haqorat qildi

Angela Merkel Tereza Meyni hammaning oldida haqorat qildi

Germaniya kansleri Angela Merkel Buyuk Britaniya hukumati rahbari Tereza Meyni hammaning oldida haqorat qildi. Bu haqda “Daily Express” xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Merkel Meyning qo‘lini siqib ko‘rishishdan bosh tortgan. Bu voqea 20 sentyabr kuni Zalsburgdagi Evropa Ittifoqi rahbarlarining norasmiy yig‘ilishida sodir bo‘ldi.

Britaniya hukumati rahbari jilmayib, Merkel tomonga engashib qo‘lini uzatgan, lekin u buni e’tiborsiz qoldirib, Litva prezidenti Dale Gribauskaytning yoniga ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!