Andijonda 21 yoshli kelin o‘zini osib, joniga qasd qildi

Andijonda 21 yoshli kelin o‘zini osib, joniga qasd qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 21 yoshli kelinning o‘z joniga qasd qilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan You Tube'da bloger tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan. Marhumaning oilasi esa qizining o‘z joniga qasd qilganiga shubha bilan qaragan. Oila uning o‘limida kuyov, qaynona va qayniukasini qo‘li bor deb hisoblagan. Yosh oilaning bir nafar farzandi ham bo‘lgan.

Surishtiruv o‘tkazgan blogerning ma’lum qilishicha, marhumaning o‘z joniga qasd qilgan, deya yopib yuborilgan jinoyat ishi qaytadan ochilgan. Kelinchakning turmush o‘rtog‘i sudga ayblanuvchi deya jalb qilingan. Ammo marhumaning onasi qizining o‘limiga oilaning boshqa a’zolari ham aloqadorligini davo qilib, suddan adolatni talab qilgan.

“Qizimning murdasi uchun ham korrupsiya aralashyapti. Qizimni ular urib, molxonaga qo‘yib qo‘yishgan. Biz borganimizda ular qizimni o‘zini osib qo‘yganini aytishdi. Lekin shifokor qizimdagi jarohatlarni o‘lishidan oldin bo‘lgan deb ko‘rsatma berdi.

Hattoki yo‘q odamlar ham sudda ko‘rsatma beryapti. Men yozib bergan qog‘ozni "milisiya" yo‘q qilib yuborayapti. Mening qizim qachon tirilib keladi, ular qamoqdan chiqadi",- deydi marhumaning onasi.

Andijon viloyati sudlarining xabar qilishicha, holat yuzasidan dastlabki sud majlisi joriy yilning 26 dekabr kuni boshlangan.

JIB Oltinko‘l tumani sudiga JK 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) va 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) 2-qismi «a» bandi bilan sudlanuvchi O.N.ga oid ish kelib tushgan.

Joriy yilning 20 fevral kuni mazkur sud ishi JIB Oltinko‘l tuman sudi ochiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga ko‘ra, O.N. JKning 109-moddasi 2-qismi va 103-moddasi 2-qismi ”a” bandi bilan aybli deb topildi. Unga ko‘ra, O.N.ga tayinlangan jazolarni JKning 59-moddasi tartibida qisman qo‘shib o‘tash uchun uzil-kesil 9 (to‘qqiz) yil 3 (uch) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!