Andijon shaharida o‘zini bank xodim deb tanishtirgan firibgar ushlandi

Andijon shaharida o‘zini bank xodim deb tanishtirgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘lim tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan SH.X. fuqaro S.R.ga o‘zini go‘yoki TIF “Milliy bank” Andijon viloyati filiali xodimi deb tanishtirib, ushbu bankda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 50 mln so‘m evaziga 500 mln so‘m ipoteka krediti ajratib berishini aytib, ushbu pullar hisobidan 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!