Ana xolos! Shifokorlar 15 banka pivo yordamida bemor hayotini saqlab qolishdi

Ana xolos! Shifokorlar 15 banka pivo yordamida bemor hayotini saqlab qolishdi

Vyetnamda shifokorlar alkogoldan zaharlanish bilan og‘ir ahvolda keltirilgan bemor hayotini 4,5 litr pivo yordamida saqlab qolishdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Bemor Kuangchi qishlog‘idagi shifoxonalardan biriga keltirilgan. Jonlantirish bo‘limi boshlig‘i doktor Le Van Lamaning so‘zlariga ko‘ra, tez yordam xizmati 48 yoshli bemorni shifoxonaga og‘ir ahvolda olib kelgan. Uning qonida sifatsiz alkogol mahsulotini iste’molqilish natijasida metanol moddasi me’yordagidan 1119 marotaba ko‘pligi aniqlangan.

Qishloq vrachi tarkibida metanolga qarshi bo‘lgan etanol moddasi ko‘pligi sabab bemor tanasini uch banka pivo bilan yuvishga qaror qiladi. Muolaja yordam berayotganini ko‘rgan shifokor soatiga bir bankadan pivo berishda davom etadi. Ushbu vaqt davomida shifokorlar qondagi o‘limga olib keluvchi toksinlarni yuvish maqsadida gemodializ amaliyotini o‘tkazishadi. Natijada bemor o‘ziga keldi. Uch haftadan so‘ng u butunlay tkzalib, shifoxonadan chiqdi.

Doktor Lamning tushuntirishicha, alkogol odam tanasiga ikki ko‘rinishda kirib keladi - etil spirti yoki metil spirti. Ikkinchi ko‘rinish inson tanasi uchun o‘lim xavfini keltirib chiqarishi mumkin. tanaga etanol hamda metanol baravar kirgan taqdirda, jigar etanolni o‘zlashtirishga kirishadi. Vrachlar davolash jarayonida shunday xulosaga kelishgan.

Shu o‘rinda, alkogolga bo‘lgan chin musulmon munosabatini yodingizga solishni lozim topdik. Ko‘pi mast qiladigan narsaning ozi ham harom - hadisdan.

manba: lenta.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!