Ana xolos! Baliq Mudofaa vazirining yuziga “tarsaki tushirdi” (video)

Ana xolos! Baliq Mudofaa vazirining yuziga “tarsaki tushirdi” (video)

Harbiy mashqlar paytida Moldova Mudofaa vaziri Aleksandr Pinzar baliq bilan to‘qnashdi. Ushbu voqea aks etgan videosini esa “Facebook”dagi sahifasiga joylashtirdi.

Videoda Pinzarning ochiq lyuk bilan zirhli transport vositasida suv ombori bo‘ylab yurgani, shu paytda bir nechta baliqning suvdan sakrab chiqqani, ulardan birining esa vazirning yuziga “tarsaki tushirib”, zirhli transport vositasining ichiga tushganini ko‘rish mumkin.

Vazirning o‘zi videoni sharhlar ekan, ushbu voqea unga yoqimli va kulgili ko‘ringanini aytgan.

2020 yil mart oyida Moldova mudofaa vaziri sifatida ish boshlagan Pinzar faoliyatining turli davrlarida Jazoni ijro etish muassasalari bo‘limi, Jinoyat polisiyasi bo‘limi, Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi hamda Polisiya Bosh inspeksiyasini boshqargan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!