Amerika Kubogi — 2024`ning barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Amerika Kubogi — 2024`ning barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Kosta-Rika va Gonduras terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda Amerika Kubogining so‘nggi ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu o‘yinda 3:1 hisobida g‘alaba qozongan Kosta-Rika terma jamoasi AQSh yashil maydonlarida o‘tkaziladigan Amerika Kubogi-2024`ga so‘nggi chiptani qo‘lga kiritdi. Bu bilan barcha to‘rt guruh shakllandi.

A guruhi: Argentina, Peru, Chili, Kanada

B guruhi: Meksika, Ekvador, Venesuela, Yamayka

C guruhi: AQSH, Urugvay, Panama, Boliviya

D guruhi: Braziliya, Kolumbiya, Paragvay, Kosta-Rika

Ma’lumot uchun, Amerika Kubogi shu yil 20 iyundan 14 iyulga qadar AQShning 14 ta shahrida bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!