Amazon asoschisi Jeff Bezosning sobiq rafiqasi dunyodagi eng boy ayolga aylandi

Amazon asoschisi Jeff Bezosning sobiq rafiqasi dunyodagi eng boy ayolga aylandi

Unga qadar dunyoda eng boy ayol L’Oreal kompaniyasi asoschisining nevarasi Betankur Mayers edi. Uning boyligi 66,8 milliard dollarga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Forbes baholashiga ko‘ra boyligi 139,6 milliard dollarni tashkil etuvchi Jeff Bezos 25 yillik turmushidan keyin ajrashishini ma’lum qilgan va uning rafiqasi Amazon’ning deyarli 36 milliard dollariga ega bo‘lgandi.

Amazon kompaniyasining 4 foiz ulushini olgan Makkenzining boyligi kompaniya aksiyalari narxi o‘sishi fonida iyun oyida 62,3 milliard dollarga yetib, AQShdagi eng badavlat ayolga aylangandi.

Jeff Bezosning rafiqasi ajrashganidan keyin dunyoning eng boy ayoliga aylanishi mumkinligi 2019 yilning yanvaridayoq taxmin qilingan, Bloomberg u 69 milliard dollar olishi mumkin deb taxmin qilgandi.

Avvalroq Jeff Bezos yangi rekord o‘rnatib, tarixda boyligi 200 milliard dollardan oshgan birinchi milliarderga aylangani haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!