7-oltin medal! Sherzod Namozov ikki karra Paralimpiya chempioni

7-oltin medal! Sherzod Namozov ikki karra Paralimpiya chempioni

Sherzod Namozov ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi.

Para dzyudochilar ham Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegasiyasi uchun qimmatli medallarni taqdim qilishni boshlashdi.

J2 klassida -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Namozov finalda gruziyalik Zurab Zurabyanini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu Namozov uchun Paralimpiya o‘yinlaridagi ikkinchi chempionlik.

Shu tariqa, delegasiyamiz hisobidagi medallar hozircha 7 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronzaga yetdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!