206.4 ball to‘plagan abituriyent talabalikka tavsiya etilmaganmi?

206.4 ball to‘plagan abituriyent talabalikka tavsiya etilmaganmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda bir abituriyentning javoblar varaqasi ilova qilingan holda, 206.4 ball bilan ham talabalikka tavsiya etilmagan degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. DTM ushbu masala yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, abituriyent Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutiga topshirib, “Bojxona ishi” ta’lim yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilgan. Shuning uchun ushbu abituriyent davlat oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmagan va talabalikka tavsiya etilmagan.

Hozirda abituriyentlarning shaxsiy kabinetlarida aks etayotgan ma’lumotlar davlat oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rinli bo‘lib, oliy harbiy ta’lim muassasalariga talabalikka tavsiya etilganlik bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatilmagan, chunki oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun tanlovni Davlat test markazi amalga oshirmaydi.

DTMning ta’kidlashicha, 189 yoki undan yuqori ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilmagan holatlar mavjud emas.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!