2020 yilda qancha o‘zbekistonlikka “zagranpasport” berildi?

2020 yilda qancha o‘zbekistonlikka “zagranpasport” berildi?

Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshodbek Murodbekov o‘tgan yili 543 173 nafar fuqaroga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirib berilganini ma’lum qildi.

«2020 yil 12 oy davomida xorijga chiqish masalasida murojaat qilgan jami 543 173 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirib berildi.

Qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston fuqarolari xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun doimiy ro‘yxatdan o‘tgan ma’lumotlarni yig‘ish punktlariga murojaat etishlari belgilab berilgan», — deb aytgan Dilshodbek Murodbekov 12 yanvar kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!